O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi samolyotlari yo‘lovchilariga yurish, ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida fotosuratga va video tasvirga olish taqiqlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Ushbu taqiq Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i (pdf) bilan Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari (pdf)ga kiritildi.

Endi ushbu qoidalarning 4-bandi oltinchi xatboshisi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: “Yo‘lovchi havo kemasining yurish, ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi, jumladan havo kemasi bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishi taqiqlanadi”.