Gollivud yulduzlari Bryus Uillis va Demi Mur ajrashganidan 16 yil o‘tib, ekranda sevishgan juftlik rolini ijro etadi. Bu haqda Amerika OAVlari ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Demi Mur va Bryus Uillis, 1997-yil. Foto: AP Photo

Demi Mur va Bryus Uillis, 1997-yil.

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, sobiq er-xotin Gollivudning yangi loyihasida bosh rollarni ijro etishni rejalashtirmoqda. Film tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda Uillis va Mur ularga taklif etilgan film ssenariysi bilan tanishmoqda. Filmga bir-birini sevuvchi va vafodor er-xotin munosabatlari asos qilib olingan. Juftlikning suratga olish maydonchasida birgalikda bo‘lishi aktyorlarning muxlislari uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.

Oxirgi paytlarda 53 yoshli Mur filmlarda kamdan-kam suratga tushib, asosiy vaqtini bolalariga bag‘ishlamoqda. 60 yoshli Uillis esa suratga olish maydonlarida ko‘proq paydo bo‘lmoqda. U yaqinda “Chaqilmas yong‘oq”ning yangi qismida suratga tushishga rozilik berdi.

Aktyorlar 1987-yilda turmush qurgan bo‘lib, ularning nikohi 13 yil davom etgan. Bu vaqt davomida ularning uch nafar qizi dunyoga kelgan.