Shu yildan boshlab Kinematografiya san’ati va ilmi akademiyasi mukofoti laureatlari minnatdorlik bildira turib ismlarning uzun ro‘yxatini o‘qib berishdan xalos etiladi. Bu haqda The Hollywood Reporter ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.

Foto: Oscar

Foto: “Oskar”

Rahmat aytishga taqdirlash marosimi efirga uzatilayotgan paytda ekranning pastki qismiga joylashtirilgan o‘tuvchi matn yordam beradi. “Oskar”ga nomzodlar minnatdorlik izhor qilmoqchi bo‘lgan kishilari ro‘yxatini oldindan tashkilotchilarga berib qo‘yishi mumkin.

“Laureatlarning nutqi ismlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib qolmoqda. Ularning chiqishi uchun ajratilgan vaqt ular san’at, hissiyotlari, tajribasi va ushbu daqiqaning ahamiyati haqida so‘zlab berishga ulgurmasdan tugab qolmoqda”, — deb ta’kidlaydi mukofot prodyuseri Devid Xill.

Eslatib o‘tamiz, “Oskar” mukofotini topshirish marosimi 2016-yilning 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.