“Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jayev 14-fevral kuni uylanadi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, xonandaning to‘yi Toshkentdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tadi.

Foto: “Qalampir.uz”

Foto: “Qalampir.uz”

Xonanda kimga uylanayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Otabek Mutalxo‘jayev 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2005-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini tugatgan. Uning “Oydanda go‘zal”, “Xazon” kabi qo‘shiqlari bilan tilga tushgan.