Yo‘llarda harakat xavfsizligi bo‘yicha Amerika milliy boshqarmasi haydovchisiz avtomobilni boshqarish tizimini yuridik jihatdan tirik haydovchiga tenglashtirdi, deb yozadi TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Endi avtomobil boshqaruvini amalga oshirayotgan har qanday kishi yoki narsa  yuridik jihatdan “haydovchi” deb hisoblanadi.

Bunday qaror Google’ga o‘z haydovchisiz avtomobillarini dastlabki konsepsiyaga muvofiq tarzda qo‘llash imkoniyatini beradi. Google boshidan avtonom haydovchisiz avtomobil yaratish ustida ishlab kelmoqda, konsepsiyada boshqaruv tizimi harakatlari uchun javobgar bo‘lgan, yuridik jihatdan rasmiy haydovchi rolini bajaradigan tirik odamga zarurat yo‘q.

Ayni paytda umumiy foydalanishdagi yo‘llarda sinov o‘tkazish chog‘ida avtomobil kabinasida haydovchi bo‘ladi, u kutilmagan vaziyatlarda mashina boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga tayyor turadi.