Garri Potter haqidagi sakkizinchi kitob 31-iyul kuni chiqadi. Bu haqda Little, Brown and Company nashriyoti rasman ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Twitter / @LittleBrownUK

Foto: Twitter / @LittleBrownUK

Kitob “Garri Potter va lan’atlangan bola” nomini oladi.

Bu to‘laqonli roman emas, pyesa bo‘ladi va u Londonda namoyish etiladi. 30-iyulda spektakl premyerasi bo‘lib o‘tadi, ertasi kuni esa kitob chiqadi. Kitob ham bosma, ham elektron ko‘rinishda chop qilinadi.

Ssenariy Joan Rouling tomonidan ssenariynavis Jek Torn va rejissor Jon Tiffani hammuallifligida yozildi.

Pyesadagi voqealar 7-kitobda tilga olingan Xogvarts uchun jangdan 19 yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Potterning uch nafar farzandi bor. Uning o‘zi afsungarlik vazirligida ishlaydi. Uning o‘g‘illaridan biri Albus otasidan meros bo‘lib qolgan mashhurlikni yengishga harakat qiladi.