Kanadalik Brayan Rid eng tez harakatlanuvchi motorlashtirilgan xodani yasadi. Bu haqda “Motor” xabar beradi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Yoshi 240 yilni tashkil etuvchi tuyadaraxtining qatma-qat butun bo‘lagidan yasalgan avtomobil soatiga 76,625 kilometr tezlik bilan harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija Ginnesning Rekordlar kitobiga qayd etildi.

Rekord AQSh poyga trassasida o‘rnatilgan. Cedar Rocket nomini olgan avtomobil Mazda RX-7 kupesining platformasida qurilgan. Mashina elektrik kuch qurilmalari yordamida harakatga keltiriladi.

Keyinchalik avtomobil Barrett-Jackson kimoshdi savdosida sotiladi. Brayan Rid Pioneer Log Homes of B.C. kompaniyasining rahbari hisoblanadi. Kompaniya yog‘och uylarni barpo etish bilan shug‘ullanadi.