O‘zbekistonda 2016-yili Matiz rusumidagi 17,2 mingta avtomobil Rossiya Federatsiyasining sertifikatlash talablari darajasiga yetkaziladi. Bu masalada Janubiy Koreyaning GM Korea kompaniyasi tomonidan injiniring xizmati ko‘rsatiladi, deya xabar beradi “Review.uz”.

Foto: Review.uz

Foto: “Review.uz”

Shu yil avgustida chiqarila boshlanganiga 15 yil to‘ladigan ushbu model Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobillar reytingida yanvar oyida ham peshqadamlikni saqlab qoldi.

“O‘zavtosanoat” AK ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda kompaniya korxonalari tomonidan 7482,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jami ishlab chiqarish hajmida xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlar ulushi 99,9 foizni tashkil etgan.

2016-yilda O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari 7 million dollarlik investitsiyadan 2,24 millionini o‘zlashtirishi ko‘zda tutilgan.