GM Uzbekistan tomonidan seriyali ishlab chiqarish boshlangan gaz-ballon uskunasi bilan jihozlangan Lacetti avtomobillarining texnik xususiyatlari ma’lum qilindi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Facebook/gmuzbekistan2016

Foto: Facebook/gmuzbekistan2016

Avtomobil GM PowerTrain Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan gazda ishlashga maxsus moslashtirilgan dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel kuchaytirilgan silindr-porshen guruhi va klapan mexanizmiga ega.

Bundan tashqari, avtomobilning yurish qismi detallari — amortizator tayanchlari, prujinalar, ko‘ndalang barqarorlik stabilizatorlari yanada kuchaytirildi.