Rossiya poytaxti Moskva shahridagi pullik avtoturargohdan 27 yoshli ishsiz fuqaroning Mercedes-Benz rusumli avtomashinasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Moskva” agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

Ma’lum qilinishicha, 11-fevral, payshanba kuni 27 yoshli ishsiz erkak avtomashinasining o‘g‘irlanganligini ma’lum qilib, politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Fuqaroning ta’kidlashicha, unga tegishli bo‘lgan 8 million rubl qiymatidagi Mercedes-Benz G-63 AMG rusumli avtomashina shahar g‘arbidagi pullik va qo‘riqlanadigan avtoturargohdan o‘g‘irlab ketilgan.