1961-yilda bor-yo‘g‘i 37 nusxada ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GT SWB California Spider rodsteri Amelia Island kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda Motor xabar beradi.

Foto: “Motor”

Foto: Motor

1963-yildagi “Kecha, bugun, ertaga” filmida (bosh rollarda Sofi Loren va Marchello Mastroyanni) suratga olingan mashina kamida 15 million dollarga baholandi. Uning yakuniy qiymati 17 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Uning kapoti ostida 240 ot kuchini beruvchi uch litrli V12 dvigateli joylashgan.

Agar ushbu Ferrari kimoshdi savdosida 17 million dollarga xarid qilinsa, u kimoshdi savdolarida sotilgan noyob avtomobillarning eng qimmatlaridan biriga aylanadi. Amelia Island kimoshdi savdosi 11-mart kuni Floridada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida Ferrari’ning 335 Spider Scaglietti modeli auksionda 32 million yevroga sotilgandi.