Toshkent shahrining Ahmad Donish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida 22-fevral, dushanba kuni Chevrolet Spark va Chevrolet Lacetti avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

YTH qanday holatda, kimning aybi bilan yuz bergani noma’lum. Hodisa natijasida Chevrolet Spark avtomobili ag‘darilib ketgan, Lacetti esa svetofor ustuniga borib urilgan. Jabrlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Fotoxabar ostida fikr bildirgan “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari Ahmad Donish — Moyqo‘rg‘on kesishmasidagi bu kabi YTHlarning aksariyati haydovchilar svetoforning sariq rangi yonganida harakatlanishni boshlab, chorrahaga chiqib ketishi ortidan yuz berishini qayd etgan.