General Motors konserni Chevrolet Silverado va GMC Sierra pikaplarining gibrid modifikatsiyalarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Motor. Modellarning yangi versiyalari faqat Kaliforniya shtatida sotiladi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Pikaplar mild hybrid (“mo‘tadil gibrid”) turidagi kuch qurilmasiga ega bo‘ldi. U 5,3 litrli V8 benzinli dvigateli, 13 ot kuchiga teng kichik elektr motor va 0,45 kilovatt/soat sig‘imli batareyadan iborat. Agregatlarning umumiy koeffitsiyenti 355 ot kuchiga teng.

Foto: Motor

Foto: Motor

Elektr dvigatel tezlik keskin oshgan vaqtlarda ishga tushadi va “start-stop” funksiyasi bilan birga ishlaydi.

Gibridlar aralash siklda har yuz kilometrga 13 litr yoqilg‘i sarflaydi, bu oddiy V8’li mashinalardagidan 13 foizga kamroq demakdir.