Toshkentda 26-fevral, juma kuni Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasida, Mudofaa vazirligi binosi yaqinida Mercedes-Benz Conecto Low Floor yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Yong‘in chiqqan avtobus qaysi yo‘nalishda harakatlangani aniq emas. Yong‘in nima sababdan kelib chiqqani, shuningdek, jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Avvalroq, 23-fevral, seshanba kuni Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 12-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in chiqqan edi.

Mavzu bo‘yicha