Google kompaniyasining haydovchisiz avtomobili birinchi marta yo‘l-transport hodisasi sababchisiga aylandi, deya xabar bermoqda “RBK”. Hodisa Kaliforniya shtati Mauntin Vyu shahrida sodir bo‘ldi.

Foto: AP

Foto: AP

Kompaniya bayonotida aytilishicha, halokat 14-fevralda yuz bergan. Lexus RX450h transport yuradigan yo‘ldagi qum solingan qoplarni aylanib o‘tmoqchi bo‘lganida avtobus bilan to‘qnashib ketgan. YTH natijasida avtobusning chap borti, old g‘ildiragi va haydovchi old datchigiga ziyon yetgan. Avariyada hech kim jabrlanmagan.

O‘z bayonotida Google hodisa yuzasidan “qisman javobgarlik”ni bo‘yniga oldi. Buni kompaniya shu bilan izohladiki, ularning avtomobili manyovrni amalga oshirmaganida, to‘qnashuv yuz bermagan bo‘lardi.

Google, shuningdek, kelajakda bunday voqealar yana sodir bo‘lishi oldini olish uchun dasturiy ta’minotni yangilashga va’da berdi.