O‘zbekistonda 12-mart, shanba kuni havo o‘zgarib turadi, tog‘li hududlardan boshqa joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.

Foto: Feruz Ibodullayev / Pixland

Foto: Feruz Ibodullayev / Pixland

12-martga o‘tar kechasi tog‘li hududlarda +7 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8 darajagacha, Toshkent shahrida +9 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +10 darajagacha iliq bo‘ladi.

Shanba kuniga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +7...+12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

12-mart kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +13...+18 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida havo harorati +22 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonning 2,5 ming metrdan yuqori tog‘li hududlarida 16-martgacha qor ko‘chishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 14-martgacha sel kelishi xavfi borligi haqida xabar berilgan edi.