1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida o‘tkazilgan matematika bo‘yicha SEEMOUS o‘ninchi xalqaro olimpiadasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “Uaic.ro”

Foto: “Uaic.ro”

Kipr ta’lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

Tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohrux Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.