11-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

1. Davlat statistika qo‘mitasi korrupsiyaga qarshi so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Monitoring o‘tkazishdan maqsad tizimdagi korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha korrupsiya darajasini pasaytirish usullarini izlashdir.

2. Fevral oyida GM Uzbekistan avtomobillari savdosi Rossiyada 3 foizga kamaydi. 2015-yilning fevraliga nisbatan, ha, kamaydi, lekin 2016-yilning yanvariga nisbatan o‘sdi.

3. Obama Putinga nisbatan munosabatini ma’lum qildi. Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Putin hozirda Rossiya dunyodagi o‘rnini yo‘qotayotganini tushunadi

4. O‘zbek taomlari restorani Venetsiyada filial ochishni rejalashtirmoqda. Restoran qachon ochilishi mumkinligi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

5. Foto: Toshkentda Germaniya elchixonasi oldida Toyota Prado bilan BMW sedani to‘qnashdi. To‘qnashuv qanday ro‘y bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q, suratlar esa yetarli darajada hayratlanarli.