Qo‘qonda Angrendan Andijonga qadar davom etuvchi temiryo‘l atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida “O‘zbekiston yoshlari porloq kelajak yo‘li bo‘ylab” aksiyasi o‘tkazildi. “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati mutaxassisi Muslimbek To‘lanovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, aksiya Farg‘ona viloyati hokimligi hamda “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etilgan.

Foto: “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati

Foto: “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi “‘Angren—Pop’ elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek, Farg‘ona vodiysining transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida, uzunligi 186 kilometr bo‘lgan “Pop—Qo‘qon—Andijon” temiryo‘l uchastkasi elektrlashtiriladi.

Shu munosabat bilan, aksiya doirasida yoshlar Qo‘qon shahri vokzali hududida obodonlashtirish ishlarini olib bordi, manzarali daraxatlarning ko‘chatlarini o‘tqazdi.

Foto: “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati

Foto: “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati

Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida joylashgan savdo majmuasida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” loyihasi o‘tkazildi. Loyihaga “Salomatlik va ekologiya” yo‘nalishi a’zolari va shahardagi tibbiyot kolleji o‘quvchilari jalb qilindi.

Foto: “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati

Foto: “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot xizmati

“Loyiha doirasida salbiy illatlarga qarshi kurashishga hamda sog‘lom turmush tarziga undovchi interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi”, — deydi Muslimbek To‘lanov.