Toshkentda Yangiobodgacha (“Rohat” bekati) bo‘lgan tramvay yo‘nalishi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish masalasiga uzil-kesil nuqta qo‘yildi: o‘tgan haftada 45 yil avval ishga tushgan va bir necha yil davomida faoliyat ko‘rsatmagan yo‘nalish demontaji boshlandi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimligi Taraqqiyot ko‘chasidan (eski ToshMI)dan boshlanib, Toshkent mexanika zavodi orqali Ohangaron yo‘liga qadar davom etuvchi tramvay yo‘li qurilishidan voz kechdi: 11-mart, juma kuni 13-tramvay yo‘nalishi qisqartirilganidan so‘ng Taraqqiyot ko‘chasida ajralib qolgan tramvay yo‘li bo‘lagidagi relslarni olib tashlash ishlari boshlangan.

Hozirda Toshkentda oltita — 8, 9, 12, 13, 17 va 26-tramvay yo‘nalishlari qolgan. Oldinroq “Olmazor” metro bekatidan (sobiq “Sobir Rahimov”) Sergeli dahasigacha tezyurar tramvay yo‘li qurilishi haqida xabar berilgandi.