Iroq poytaxti Bag‘dod markazida 29-mart, seshanba kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bag‘dod. Foto: AP

Bag‘dod. Foto: AP

Reuters mahalliy OAVlarga tayanib xabar berishicha, natijada kamida bir kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi jabrlangan.

Politsiyadagi manbalar ma’lum qilishicha, portlash Bab Sharji tijorat tumanida yuz bergan, yaqin orada ishchilar guruhi bo‘lgan.

Portlash sabablariga aniqlik kiritilmadi.