Belgiya politsiyasi Bryusseldagi teraktlarga aloqadorlikda gumon qilingan mustaqil jurnalist Feysal Sheffuni qo‘yib yubordi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Mamlakat federal prokurorining bildirishicha, jurnalist hibsga olinishiga olib kelgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmagan. Sheffu qo‘lga olinganidan so‘ng politsiya uning uyida tintuv o‘tkazgan, biroq qurol yoki portlovchi moddalar topmagandi.

Jurnalist 25-mart, juma kuni hibsga olingan, ertasiga esa unga nisbatan terrorchilik guruhida ishtirok etganlik, teraktlar, qotilliklar sodir etish ayblovlari ilgari surilgandi.