Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayer 30-mart, chorshanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: “Fokus”

Foto: AP

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv va mamlakat hukumatida muzokaralar o‘tkazilishi o‘rin olgan. Ularda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati hamda rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.