O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashlari doirasida mart oyi hisobidan 7 ta o‘yin o‘tkazgan va shularning 5 tasida zafar quchgan. Bu uchrashuvlarning to‘rttasi Toshkentda o‘tkazilgan. Mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan ikki o‘yin 2005-yil safarda bo‘lib o‘tgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bugun, 29-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilgi Jahon chempionatining saralashi doirasida Bahraynga qarshi maydonga tushadi. Bu bellashuvda Samvel Babayan jamoasi ochko yo‘qotsa yoki gol o‘tkazib yuborsa, O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi yaxshi an’anasida o‘zgarish yuz beradi. Qayd etish kerak, mart oyida jahon chempionati yo‘lida Toshkentga safar etgan to‘rtta mamlakat terma jamoasi O‘zbekiston darvozasiga gol ham ura olmagan.

O‘zbekiston terma jamoasining mart oyida bo‘lib o‘tgan barcha turnirlardagi o‘yinlari soni 20 tani tashkil qiladi. Shularning 9 tasida raqib jamoaning qo‘li baland kelgan va 3 tasida g‘olib aniqlanmagan. Qiziq tomoni, Osiyo kubogi saralashi doirasida mart oyida bo‘lib o‘tgan 4 ta bellashuvning birortasi ham O‘zbekistonning g‘alabasi bilan yakuniga yetmagan.

O‘zbekiston terma jamoasining mart oyi hisobidan JCh saralashlari doirasidagi barcha o‘yinlari:

31-mart, 2004-yil

Xitoy Taypeyi — O‘zbekiston 0:1

Gol: Leonid Koshelev, 59 (0:1).

25-mart, 2005-yil

Kuvayt — O‘zbekiston 2:1

Gollar: Bashar Abdulaziz, 7 (1:0). Bashar Abdulaziz, 62 (2:0). Aleksandr Geynrix, 77 (2:1).

30-mart, 2005-yil

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 2:1

Gollar: Li Yong Pyo, 55 (1:0). Li Dong Guk, 62 (2:0). Aleksandr Geynrix, 79 (2:1).

26-mart, 2008-yil

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni 3:0

Gollar: Timur Kapadze, 45+1 (1:0). Maksim Shatskix, 66 (2:0). Server Jeparov, 68-pen (3:0).

28-mart, 2009-yil

O‘zbekiston — Qatar 4:0

Gollar: Farhod Tojiyev, 34 (1:0). Farhod Tojiyev, 45+3 (2:0). Farhod Tojiyev, 53 (3:0). Anvar Soliyev, 62 (4:0).

26-mart, 2013-yil

O‘zbekiston — Livan 1:0

Gol: Server Jeparov, 64 (1:0).

24-mart, 2016-yil

O‘zbekiston — Filippin 1:0

Gol: Anzur Ismoilov, 59 (1:0).