Samsung kompaniyasi Galaxy S7 lineykasini yana bir smartfon bilan to‘ldirishini rasman tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Himoyalangan Galaxy S7 Active haqidagi ma’lumotlar Google Play do‘konidagi Samsung Level dasturida paydo bo‘ldi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Yangi Samsung smartfoni SM-G891A model raqamiga ega bo‘ladi. Gadjet Galaxy S6 Active kabi MIL-STD-810 sinfidagi himoyaga muvofiq bo‘ladi.

Bu shuni bildiradiki, Samsung Galaxy S7 smartfoni shunchaki suv o‘tkazmaydigan korpusga ega bo‘lib qolmaydi, balki bosim va haroratning keskin o‘zgarishlari, sho‘r suvga cho‘kish, vibratsiya shoki, balandlikdan qulash va boshqa ta’sirlarga chidamli bo‘ladi. Galaxy S7 Active’ning qolgan xususiyatlari tayanch modelidagi parametrlarga mos tushishi taxmin qilinmoqda.