2016-yil 27-mart kuni Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida “Mo‘jizalar vaqti” aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Aksiya joriy yilning 11-yanvaridan 6-martiga qadar o‘tkazildi. Yakunlar bo‘yicha 3 236 288 ishtirokchi GSM bonuslar — SMS, daqiqalar, megabaytlarga ega bo‘ldi. “Yoshlar” telekanalida o‘tkazilgan final o‘yinda 1 796 577 ishtirokchining taqdiri qur’a tashlash orqali hal bo‘ldi.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

2016-yil 17-mart kuni Ucell’ning millionlab abonentlari o‘z televizorlari ekrani qarshisida hayajon ila kutish onlarini o‘tkazdi. Final o‘yin chog‘ida maishiy texnika — 5 ta Electrolux kir yuvish mashinasi, 5 ta Electrolux gaz plitasi, 5 ta Zanussi sovitgichi, 5 ta pul mukofoti (25 million so‘mlik 3 ta va 50 million so‘mlik 2 ta mukofot)ning 21 nafar sovrindori aniqlandi. Super sovrin — Kia Sportage avtomobili egasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida Globe Soccer Awards versiyasi bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi futbol hakami Ravshan Ermatov va Ucell kompaniyasi bosh direktori Tonu Gryunberg aniqlab berdi.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Hodisani izohlar ekan, Ucell kompaniyasining Iste’molchilik segmenti direktori Agshin Gajiyev ta’kidladi: “Biz barcha muvaffaqiyatlarimizni abonentlarimiz bilan bo‘lishamiz, ularning ishonchi, Ucell xizmatlaridan foydalanishning o‘sib borishi ishimizga berilgan eng yaxshi bahodir. Biz mamlakatdagi har bir oilaga bayram hadya qilishdan va yanada ko‘proq baxtli va shodon kishilarni ko‘rishdan xursandmiz. Asosiysi, biz abonentlarimiz sifatli aloqa, qulay tarif va xizmatlarga ega bo‘lishi uchun qayg‘uramiz. Biz kelajakda ham jahon darajasidagi arzon va qulay yechimlarni taqdim etishda davom etamiz”.

Tantanali marosimda Ucell kompaniyasining Iste’molchilik segmenti direktori Agshin Gajiyev Kia Sportage kalitini toshkentlik g‘olib Sherzod Shermuhammedovga topshirdi

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Kia Sportage avtomobili sohibi Shermuhammedov Sherzod shunday deydi: “Men bunga haligacha ishonolmayapman! Mashinani orzu qilgandim — Ucell sharofati bilan u ro‘yobga chiqdi. Kompaniya o‘tkazilayotgan aksiyalar barcha abonentlar uchun real ekanligini ko‘rsatib va isbotlab bormoqda”.

So‘nggi uch yil ichida Ucell kompaniyasi o‘z abonentlari uchun shunday ko‘lamdagi to‘rtta yirik aksiyani o‘tkazdi. Aksiyalar doirasida abonentlar sakkizta avtomobil, ko‘plab pul mukofotlari, zamonaviy maishiy texnika va mobil qurilmalar hamda GSM bonuslarni qo‘lga kiritdi. Ucell kompaniyasi g‘oliblarni chin ko‘ngildan qutlaydi va barcha abonentlarga kelasi aksiyalarda omad tilab qoladi!

Reklama huquqi asosida