Rossiya Birinchi kanalining “Golos. Deti” shousi ikkinchi mavsumi g‘olibasi, o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva Latviya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan jaz ijrochilarining Riga Jazz 2016 xalqaro tanlovi superfinaliga chiqdi. Bu haqda My Day’ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Foto: Instagram/ sabina_mustaeva

Foto: Instagram/ @sabina_mustaeva

Hozirda ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda va unda ishtirok etib, Sabinaning navbatdagi g‘alabasiga hissa qo‘shish mumkin. Buning uchun quyidagi havolaga kirib, ovoz berilishi kifoya.