2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Ertalab tramvaylar qatnovga chiqdi, ammo vagonlardan biri relsdan chiqib ketgach, barcha haydovchilar depoga qaytish haqida ko‘rsatma oldi. 9:10 da depoga so‘nggi vagon kirdi, va shu tariqa, Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yildi.

“Toshkent tramvayi” O‘zbekiston poytaxtida tramvay harakati to‘xtatilganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi 9- va 13-tramvay yo‘nalishlarining ishi 22-apreldan butunlay to‘xtatildi. 17- va 8-tramvaylar ishi taxminan 1-iyunga qadar davom etishi kutilayotgan edi.