Xonanda Shohruxxon “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida Asal Shodiyevaga uylanayotgani haqida tarqalgan mish-mishlarni inkor etmadi, ammo tasdiqlamadi ham.

Foto: “Uzclub.net”

Foto: “Uzclub.net”

Quyida ushbu kichik intervyuni keltirib o‘tamiz.

— O‘zbek oilasida kelinni ona tanlaydi. Siz ham onangiz tanlagan qiz bilan oila qurgan bo‘larmidingiz?

— Chindan ham baribir onamlar tanlaydilar, ya’ni o‘zimiz topsak ham, uyga olib borib, ularga ko‘rsatib, tanishtiramiz-ku! Albatta, uydagilarning ham roziligi olinadi, hammaning fikrini, roziligini olamiz. Ammo, muhabbatni ham unutmaslik kerak, deb o‘ylayman!

— Onangizga kelinning qayerda o‘qishi, kasbi, mavqeyi, oilasi kabi ma’lumotlar qanchalik muhim? Chunki, o‘zbek oilasida baribir surishtirishlar bo‘ladi.

— Onamlar, “birinchi navbatda mehribon qiz bo‘lsin, seni yurakdan yaxshi ko‘rsin, umringning oxirigacha sen bilan birga bo‘ladigan inson bo‘lsin”, deydilar. Qolgani, menimcha, muhim emas!

— Aktrisa Asal Shodiyeva bilan fotosessiyangiz ham, bosilib qolgan ancha gap-so‘zlarni “jonlantirdi”...

— Oilaviy hayotda bo‘layotgan voqealar, hammaning o‘z oilasida qolgani yaxshi, ommaga havola qilinmaydi!

Avvalroq Shohruxxonning nikoh to‘yi 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi. Ammo kelinning kimligi sir tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shohruxxonning onasi Zebo Navro‘zova Asal Shodiyevani bo‘lg‘usi kelinlikka o‘zi tanlaganini tan olgan, biroq o‘g‘li unga uylanish-uylanmasligi haqidagi savolga javob bermagan edi.Ular birga bo‘ladimi yoki yo‘q, buni hayot ko‘rsatadi”, — degan edi xonandaning onasi.