Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan favqulodda vaziyat sharoitida toʻgʻri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovini e’lon qilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Tanlov shartlari:

  • berilgan 20 ta test savollariga toʻgʻri javobni tanlang. Testlar yechimiga ajratilgan vaqt cheklangan boʻlib, har bittasiga 40 soniya ajratilgan;
  • testlarni yechib boʻlganingizdan soʻng “Joʻnatish” tugmasini bosing va soʻrovnomaga shaxsiy ma’lumotingizni kiriting;
  • tanlovda 2016-yil 13-oktabrdan  20-oktabr kuni soat 16:00 gacha ishtirok etish mumkin.

Toʻgʻri javob berganlar orasidan qurʼa tashlash yoʻli bilan 20 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, ular:

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqarolik muhofazasi Institutini zilzilalarni simulyatsiya qilish Markaziga tashrif buyuradi va u yerda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻladi;
  • ekspozitsiya bilan tanishadi, sayyoraning turli nuqtalarida yuz bergan yirik zilzilalar haqida koʻplab qiziqarli maʼlumotlarni oladi;
  • maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli yer osti silkinishi kuchini his qiladi;
  • bosh sovrin – planshetga ega boʻladi!

Joriy yilning 22-oktabr, shanba kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytiga (www.fvv.uz) tanlab olingan ishtirokchilar roʻyxati joylashtiriladi.

Mukofotlarni topshirish va ekskursiya 25-oktabr, seshanba kuni boʻlib oʻtadi.

Tanlovning saralash bosqichi boshlandi!