Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) U. Muhammadiyev 12-oktabr, chorshanba kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari bilan uchrashdi. 

Foto: Ombudsman ofisi

Foto: Ombudsman ofisi

Uchrashuv davomida missiya ekspertlari O‘zbekistonda Ombudsman faoliyatining qonuniy asoslari, fuqarolarning davlat organlarini shakllantirishdagi ishtiroki huquqini ta’minlash borasidagi choralar haqida batafsil ma’lumot oldi. 

Missiya vakillarida Ombudsman tomonidan amalga oshirilayotgan “Aholi saylov madaniyati va elektoral faolligi, fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi” katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu reja o‘z ichiga “Ombudsmanning fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniyasi”, nogironlar, ayollar, milliy-madaniy markazlar vakillari kabi ijtimoiy guruhlar bilan o‘tkazilayotgan seminarlar, harbiy qismlar va mahbuslikda saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Missiya rahbari Aleksandr Shlik Ombudsman tomonidan ko‘rilayotgan choralar, xususan, saylovlar davomida fuqarolar murojaati uchun qulay vosita bo‘lgan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya” dolzarb ekanligi, ayniqsa uning saylov arafasi va saylov kuni uzluksiz ishlashi, kelib tushayotgan murojaatlar borasida Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlik o‘rnatilganiga yuqori baho berdi.