Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 155 sun’iy suv havzasi va 92 tabiiy ko‘lda karp, oq amur, sazan, do‘ngpeshona kabi baliqlar parvarishlanmoqda, deb yozadi O‘zA.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yili 3 ming 410 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 5400 tonna baliq ovlash rejalashtirilgan.

Nukus tumanida baliq yetishtirishga ixtisoslashgan 14 xo‘jalik faoliyat yuritmoqda. 2004-yilda ish boshlagan “Sarishungul” fermer xo‘jaligi o‘tgan yili iste’molchilarga 2,5 tonna baliq yetkazib berdi.

“Besh gektarlik ko‘limizda asosan sazan va oq amur balig‘i yetishtirilmoqda. Bu yil uch tonna baliq ovlashni rejalashtirganmiz, hozirgacha ikki tonnadan ortiq baliqni bozorga chiqardik”, — deydi fermer xo‘jaligi rahbari Po‘lat Jumaniyozov.