Italiya poytaxtida Rim Papasi tashabbusi bilan ikkinchi marta futbol bo‘yicha “Dunyo uchrashuvi” xayriya o‘yini o‘tkazildi. Mazkur bellashuvda Braziliya termasining sobiq a’zosi Ronaldinyo va argentinalik afsonaviy Diyego Maradona jamoalari o‘zaro bahs olib bordi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

12-oktabr kuni Rim shahridagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Ronaldinyoning “Oqlar” jamoasi Maradonaning “Ko‘klar” jamoasini 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. G‘oliblar safida Frederik Kanute (5-daqiqa), Boyan Krkich (34), Ernan Krespo (67) va Fernando Kavenagi (78) gol kiritdi.

“Ko‘klar” tarkibida Antonio Di Natale (1-daqiqa), Franchesko Totti (22) va Nikolas Burdisso (68) gol muallifi bo‘ldi.

Xayriya o‘yinidan tushgan mablag‘ gumanitar maqsadlarga yo‘naltiriladi. Xususan, 24-avgust kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan zilzilada jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

“Oqlar” – “Ko‘klar” 4:3

Gollar: Kanute (5), Krkich (34), Krespo (67), Kavenagi (78) – Di Natale (1), Totti (22), Burdiso (68).

“Oqlar” tarkibi: Bizarri, Zambrotta, Markes, Sanchis, Abidal, Davids, Veron, Krkich, Ronaldinyo, Krespo, Kanute.

“Ko‘klar” tarkibi: Mondragon, Kafu, Aldair, Kandela, Karboni, Mauri, Maradona, Di Natale, Totti (Xan Vei Chen, 46).

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail