Yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha har kuni yangi 62/61-sonli tezyurar poyezdning harakatlanishi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yangi poyezdning Toshkentdan ketish vaqti 16:30, Andijonga soat 22:30 da yetib boradi. Andijondan soat 06:00 da jo‘nab ketadi va Toshkentga soat 12:10 da yetib keladi.

Shu sababli 18-oktabrdan Andijon—Buxoro—Andijon yo‘nalishidagi 392/391-sonli poyezdning, shuningdek, Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishidagi 92/91-sonli poyezdning harakatlanish jadvalida o‘zgarishlar e’lon qilinadi.