Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Toshkent shahrining tuman hokimiyatlaridan yuridik va jismoniy shaxslar uchun O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni va butazorlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish yangi interaktiv xizmati ishga tushdi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Foto: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

To‘lov daraxtning diametriga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-noyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 290-sonli qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Daraxt yoki buta tabiiy sabablar natijasida 80 foizdan ortiq hayotiyligini yo‘qotgan bo‘lsa, kesish uchun to‘lov talab qilinmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasida mas’ul shaxslar daraxt va butazorlarni o‘rganish uchun joyiga chiqib tekshirish ishlarini olib boradi. O‘rganish asosida arizachiga ruxsatnomani olish sanasi va joyi haqida xabarnoma yuboriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kuni.