Go‘dakligida Amanda Skarpinati AQShdagi Olbani tibbiy markaziga og‘ir kuyish jarohatlari bilan yotqizilgan, deb yozadi AdMe.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Reabilitatsiya chog‘ida uni yosh hamshira parvarish qilgan. Ularning birgalikda tushgan suratlari kasalxonaning 1977-yilgi yillik hisobotida chop etilgan. Uni Amanda bir umr saqlab, o‘sha ayolni qidirib topishga va unga minnatdorlik bildirishga umid qilib yashadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ushbu suratlar qizga hayotining eng og‘ir damlarida kuch berardi. “Ularga qarab, meni parvarishlagan notanish hamshiraning hamdardligi va mehrini his qilaman”, — dedi u.

18018265-12348003_958923660842305_8231493690622045688_n-1476334940-650-0ae8b200cd-1476359008

Uzoq yillar davomida Amandaning hamshirani qidirib topishga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi: hisobotda uning ismi keltirilmagan edi. Oxir-oqibat, u ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qildi, o‘z hikoyasi va suratlarni Facebook’ka joyladi. Yosh hamshiraning kimligi haqidagi javob bir kundayoq topildi — u Syuzan Berger bo‘lib chiqdi.

18018415-14-0-1476352811-1476352820-650-8522140e0d-1-1476359008

Ikki haftadan keyin esa ular 38 yil avval birinchi marta ko‘rishgan tibbiy markazda uchrashdi. O‘sha fotosuratlarda Syuzan endigina 21 yoshga to‘lgani va qo‘lidagi chaqaloq uning ilk bemorlaridan biri bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. “Meni umr bo‘yi yodda saqlagan odamni uchratgan omadli hamshiraman”, — dedi Syuzan.