Dastlabki sakkiz yapon imperatori haqidagi afsonalarga ko‘ra, imperator Koan 101 yil davomida Yaponiyaga hukmdorlik qilgan va shu sabab bilan uni insoniyat tarixidagi eng uzoq vaqt hukmron bo‘lgan davlat rahbari deb aytish mumkin edi. Biroq olimlar, Koanning haqiqatda mavjud bo‘lganini inkor etmasa-da, hukmronlik davri haqida tarixiy hujjatlar yo‘qligi sabab, uni juda ilohiylashtirilgan shaxs deb hisoblaydi.

Olti yoshida taxtga o‘tirgan Qadimgi Misr fir’avni Pepi Ikkinchi Neferkara 94 yil davomida davlatni boshqargan va insoniyat tarixidagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan davlat rahbari, deb aytiladi. Biroq, boshqa bir guruh olimlarning fikricha, aslida Pepi Ikkinchi 94 yil emas, 64 yil taxtda o‘tirgan — qadimgi yunon tarixchisi Manefon Misr yozuvlarini noto‘g‘ri tarjima qilgani sabab, 94 yillik hukmronlik haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hukmronligi rasman hujjatlashtirilgan davlat rahbarlari orasida eng uzoq qudratda bo‘lgan shaxs Svazilend qiroli Sobuza Ikkinchi hisoblanadi — 70 xotini va 210 farzandi bo‘lgan Sobuza 1899-yili — to‘rt oylik vaqtida taxtga o‘tirgan va oradan 83 yil o‘tib — 1982-yili vafot etgan.

14-oktabr kuni Tailand qiroli Pximupon Adulyadet vafot etdi. U amaldagi davlat rahbarlari orasida eng uzoq — 68 yil hukmronlik qilgan shaxs edi. “Daryo” hukmronlik qilish bo‘yicha Adulyadetdan keyingi o‘rinlarda turgan amaldagi davlat rahbarlari ro‘yxatini e’tiboringizga havola etadi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.