Moskva ma’muriyati shaharning Petrovka ko‘chasidagi mashinalar to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlangan joy — jamoat transporti bekatiga elektromobillar uchun mo‘ljallangan quvvat olish ustunlarini o‘rnatib chiqdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Moskvaliklarning shikoyatlari va Yo‘l harakatini tashkil etish markazining murojaatidan so‘ng, quvvatlantirish stansiyasini boshqa joyga ko‘chirish haqida qaror qabul qilingan, biroq aynan qayerga ko‘chishi hozircha noma’lum.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.