Texaslik parashyutchi 3000 metr balandlikda krossovkasidan ayrildi, biroq o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, poyabzaliga yetib olishga muvaffaq bo‘ldi. Meduza’ning yozishicha, krossovkani tutib olish jarayoni parashyutchining dubulg‘asiga o‘rnatilgan kamera orqali yozib olingan.

Video qahramonlari “Mister Bill” tryukini bajarayotgan edi. Bunda odatda ikki parashyutchi bir-birini mahkam tutgan holda samolyotdan sakraydi. Ayni vaqtda, ulardan faqat bittasi parashyutini ochadi. Shundan so‘ng ular xohlasa ajralishi yoki bo‘lmasa bir parashyut ostida yerga qo‘nishi mumkin.

Biroq bu safar hammasi ham o‘ylanganidek bo‘lmadi. Operator parashyutini ochgan vaqtda, uning hamrohi keskin uzoqlashib ketgan. U bilan birga operatorning krossovkasi ham uchib ketgan. Poyabzal taxminan bir kilometr masofa davomida quvib borilgan, oxir-oqibat parvoz hamma uchun muvaffaqiyatli tugagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.