Aviadvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “ODK – PM” zavodi devorida “Ochiq osmon ostidagi aviamuzey” nomli art-obyekt paydo bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Graffitini chizish 2015-yilda boshlangan edi. Rassomlar dvigatellari va reduktorlari Permda ishlab chiqarilgan barcha turdagi uchar qurilmalarning suratlarini chizib chiqqan. Qariyb uch ming kvadrat metr maydonda aviatsiya tarixi va zavod taqdirida rol o‘ynagan obyektlar tasvirlangan.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

“Aviamuzey”dan “I-16”, “La-5”, “La-5FN” qiruvchilari, “Su-2”, “Tu-2” bombardimonchilari va boshqa ko‘plab samolyotlar o‘rin olgan. Loyiha rassomi Aleksey Shchigalyovning aytishicha, asosiy e’tibor samolyotlarning asliga to‘g‘ri bo‘lishiga qaratilgan.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Zavod matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu obyekt bo‘yoq ballonchalari yordamida chizilgan eng katta surat sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.