“Simpsonlar” multserialining 600-qismida Gomer Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan mushtlashdi. Seriya lavhasi YouTube’da e’lon qilingan, deya xabar bermoqda Meduza.

Voqea saylov uchastkasida yuz beradi. Gomer “nima qilgan taqdirda ham erini kechira oladigan nomzod”ga (Hillari Klintonni nazarda tutgan holda) ovoz berish uchun keladi. Saylov uchastkasida u bilan bir erkak suhbatlashadi, u Gomerni Donald Trampga ovoz berishga undaydi. Erkakning fikricha, Tramp yaxshi biznesmen va qonuniy ravishda soliq to‘lamaslikni eplay oladi.

Bunga javoban Gomer olti marta bankrot bo‘lgan kishiga mamlakatni ishonib topshirishga tayyor emasligini aytadi. “U mendan ikki barobar ko‘proq bankrot bo‘lgan!”, — deya e’tiroz bildiradi Simpsonlar oilasi rahbari. Shunda uning suhbatdoshi bunday deydi: “U haddan tashqari ko‘p ovqat yeydigan go‘zallik malikalarini himoya qilish uchun devor quradi. Qo‘shimchasiga, unda Rossiyani yana buyuk mamlakatga aylantira oladigan reja bor”.

Shu vaqt Gomer uning qarshisidagi odam oddiy saylovchi emasligini tushunib yetadi va u bilan mushtlasha boshlaydi. Jang vaqtida Gomer erkakning niqobini yulib oladi va uning suhbatdoshi Vladimir Putin ekani ma’lum bo‘ladi. U hatto saylovchilar ham ro‘yxatiga ham kiritilgani oydinlashadi. Putin ovoz bergani kirib ketadi va keyin orqadan — kiyimchan va ot mingan holda chiqib keladi. U Gomerning ovozi hech narsani hal qilmasligi, chunki rossiyalik xakerlar Trampga kerakli natijani chiqarib berishini aytadi. Putinning va’da berishicha, Tramp saylovda 102 foiz ovoz oladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.