O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya’ni, 4-dekabr sanasida Toshkent avtobuslaridan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Avvalroq Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatishi haqida xabar chiqqandi.

4-dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00 dan boshlanishi va kun davomida yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilamiz, deb yozilgan Toshkent shahar hokimligi saytida. Shu kuni saylov uchastkalari soat 06:00 dan boshlab ochiq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlari har kuni 700 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazadi. Shahar metropolitenidan esa kuniga 200 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanadi.