30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti Kuzatuvchilar missiyasiga bosh bo‘lib mamlakatimizga tashrif buyurgan ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xabar bermoqda.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Suhbat chog‘ida tashkilotga a’zo davlatlar va ShHT Kotibiyati vakillaridan iborat Kuzatuvchilar missiyasi faoliyatining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ShHTni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining ijro jarayoni ham muhokama qilindi.