Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Suriyada Bashar Asad tuzumini yiqitish niyati haqidagi so‘zlari Kreml uchun yangilik bo‘lganini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Mazkur bayonot o‘ta jiddiy va biz uchun chindan ham yangilik bo‘ldi. U Suriyada qurolli kuchlari yagona qonuniy tartibda bo‘lib turgan Rossiya davlatining vaziyatni tushunishi bilan mutanosib kelmaydi. Biz yaqin orada turk tomonidan bu borada tegishli izoh beriladi, deb umid qilamiz”, — deya ta’kidladi Peskov. 

Turkiya prezidenti 29-noyabr, seshanba kuni Istanbulda, Quddusdagi musulmonlar muammolari bo‘yicha simpoziumdagi chiqishida Suriyada olib borilayotgan “Frot qalqoni” operatsiyasidan maqsad Asad hukumatini ag‘darishdan iborat ekanligini bildirdi

“Biz Suriya yerlariga da’vogarlik qilmaymiz, biroq uni haqiqiy egalariga qaytarmoqchimiz. Qo‘shinlarni davlat terrorini uyushtirgan Asadning mustabid tuzumiga chek qo‘yish uchun kiritdik”, — deya xitob qilgan Erdo‘g‘on.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.