Mendeleyev jadvalining 113-raqamli yangi o‘ta og‘ir elementi rasman “nixoniy” nomi va Nh ramziga ega bo‘ldi. Yaponiya tabiiy fanlar instituti bu haqda ma’lum qildi. Aynan shu institut mutaxassislari mazkur elementni kashf etgan, deya xabar beradi “TASS”. 

Foto: AP

Foto: AP

“Nixoniy” so‘zi mamlakatning mahalliy nomlanishi — “Nixon”dan kelib chiqqan. 

Oldinroq Nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi 113, 115, 117 va 118-raqamli yangi elementlarni nixoniy (Nh), moskoviy (Mc), tenessin (Ts) va oganesson (Og) deb atashni tavsiya qilgandi. Ulardan ikkinchisini Moskva, to‘rtinchisini esa Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Yuriy Oganesyan sharafiga nomlash taklif etildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.