Venadagi muzokaralar chog‘ida OPEK a’zolari neft qazib olish hajmlarini oldin rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq qisqartirish masalasini muhokama qilmoqda. Ilgari qisqarish sutkasiga 1,1–1,2 million barrelni tashkil etishi aytilgan bo‘lsa, endilikda sutkasiga 1,4 million barrel ko‘rsatkichi taklif etilmoqda. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Vaziyatdan boxabar manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid al-Falih OPEK neft qazib olish hajmini sutkasiga 32,5 million barrelga tushirishni muhokama qilmoqda. Bunda Liviya va Nigeriya inobatga olinmayapti.

Oktabr oyida bu ko‘rsatkich sutkasiga 33,643 million barrelni tashkil etgan edi.