30-noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent–Dushanbe–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reysini amalga oshirdi. Bu haqda, TIV axborotiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Bir muddat ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston va Tojikiston havo aloqasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnomani imzoladi. Hujjat O‘zbekiston va Tojikiston soha mutasaddilari o‘rtasida 30-noyabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra imzolandi.