Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya bosh direktori Vasiliy Kryuk ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

U aviakompaniya Moskva viloyatining Jukovskiy aeroportidan O‘zbekistonga reyslarni amalga oshirishini ta’kidladi. Shu bilan birga u aviakompaniya qaysi shaharga parvoz qilishiga aniqlik kiritmadi.

“Biz parvozlar geografiyasini kengaytirib, yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirmoqdamiz. Dekabrdan boshlab samolyotlarimiz Jukovskiy aerodromidan parvoz qiladi”, — dedi Kryuk.

“Jukovskiydan O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yamiz”, — deb ta’kidladi u.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.