O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning ishonchli vakili S.Abbosov Samarqand viloyatidagi Narpay tumani saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi

Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi

Ishtirokchilar nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi.

Ishonchli vakil nomzodning dasturida ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish eng muhim vazifa sifatida belgilanganini ta’kidladi. 

Dasturdan madaniy meros obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish ishlarini takomillashtirish, muzey, arxiv, kutubxona va boshqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obyekti belgilariga ega bo‘lgan eksponatlar, kolleksiya va arxiv hujjatlarini to‘liq toifalashtirish, shaharlar milliy qiyofasini saqlab qolishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, qayta ta’mirlashga ko‘maklashish va YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kirmaganlarini unga kiritishga qaratilgan dasturni qabul qilish va amalga oshirish taklifi o‘rin olgan. 

Uchrashuvda yosh tadbirkor H.Norboyev, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Narpay tumani kengashi raisi M.Jumayev, 57-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi O.Narzullayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.