AQSh Davlat departamenti Rossiya hukumatini “bugunoq” notijorat tashkilotlar-chet el agentlari haqidagi qonunni bekor qilib, inson huquqlari sohasida xalqaro me’yorlarga rioya qilish bo‘yicha avvalroq bo‘yniga olgan majburiyatlarga sodiq qolishga chaqirdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Muassasaning uning vakili Jon Kirbi tomonidan tuzilgan bayonoti hisob bo‘yicha 150-notijorat tashkiloti 19-dekabr kuni xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritilgani bilan bog‘liqdir. Buni Kirbi “mash’um hodisa” deb atadi.

Davlat departamentidagilar “xorijiy agent” termini ushbu notijorat tashkilotlar sotqin degan taassurot uyg‘otish uchun ataylab tanlangan, deb hisoblaydi. “Aslida ushbu qonundan foydalanib, Rossiya davlati qiynoqlarga qarshi kurash, OIV-infeksiyalar tarqalishiga qarshi profilaktika va hatto ko‘chmanchi qushlar himoyasi bilan shug‘ullangan tashkilotlarni ta’qib qilgan”, — deyiladi bayonotda.

Davlat departamenti Rossiyani ushbu qonunni bekor qilishga chaqirdi, chunki u Rossiya xalqi fuqarolik jamiyatining hukumat xatti-harakatlari yuzasidan hisob berilishi uchun kurashdagi rolini hurmat qilib, notijorat tashkilotlarning muhim ishlarini bo‘g‘maslikka intiladigan kuchli va demokratik hukumatga ega bo‘lishga haqli deb hisoblaydi.